Reveo
Messenjerlar uchun AI-agent

Har bir mijozga soatlab emas, soniyalarda javob bering.

Telegram, Instagram va WhatsApp’dagi savollarga 24/7 javob beradigan AI-agent: narxni aytadi, navbatga yozadi va lidni CRM’ingizga tushiradi.

  • Navbatga yozadi
  • Lidni CRM‘ga uzatadi
  • Olti tilda javob beradi
  • Rasm va ovozni tushunadi
Imkoniyatlar

Agent nafaqat javob beradi.

Follow-up xabarlar

Javobsiz qolgan suhbatga agent o‘zi eslatma yozadi.

Rasm va ovoz

Mijoz yuborgan fotosurat va ovozli xabarni tushunadi.

0:06

Olti tilda

Mijoz qaysi tilda yozsa — agent o‘sha tilda javob beradi.

O‘zbekcha Русский English Қазақша Кыргызча Тоҷикӣ 6 til

Instagram, Telegram va WhatsApp — bir joyda

Agent uch kanalda ham javob beradi, suhbatlar bitta panelga tushadi.

Reveo
Telegram Instagram WhatsApp
24/7 · bitta panelda

CRM va tizimlaringizga ulanadi

Lid, buyurtma va navbat siz ishlatadigan tizimga o‘zi tushadi.

amoCRM 1C Google Sheets Excel Billz Smartup Payme + yana
Oddiy hisob

Qancha pul yo‘qoladi.

  1. 500mijoz sizga oyiga yozadi
  2. 100tasiga javob kech keladi yoki umuman kelmaydi (20%)
  3. 10tasi sotib olishga tayyor edi (10%)
  4. × $50o‘rtacha chek
Siz yo‘qotasiz $500/oy
Reveo chat · 500 chatgacha $49/oy

Foizlar va o‘rtacha chek — misol uchun. Demo’da o‘z raqamlaringiz bilan hisoblaymiz.

Qanday ishga tushadi

Bir ish kunida jonli ishlaydi.

  1. 1-qadam: Kanalni ulaysiz

    Instagram, Telegram yoki WhatsApp akkauntini bir necha daqiqada ulaymiz — kod yozish va dasturchi kerak emas.

    Kod kerak emas
  2. 2-qadam: Agentni o‘rgatamiz

    Narx ro‘yxati, xizmatlar, FAQ va hujjatlaringizni yuklaysiz; agent javobni faqat shu ma’lumotdan quradi.

    Faqat sizning ma’lumotingiz
  3. 3-qadam: Kuzatasiz va tuzatasiz

    Barcha suhbatlar yagona inboksda: istalgan paytda qo‘shilasiz, javobni baholaysiz, agent yaxshilanadi.

    Yagona inboks

Bitta panel — barcha kanallar, barcha suhbatlar.

Javob vaqti, suhbatlar soni va AI mustaqil yopgan murojaatlar ulushi real vaqtda ko‘rinadi. Har bir lid kontakt, qisqa mazmun va keyingi qadam bilan keladi.

100%suhbatlar bitta inboksda
0yo‘qolgan zayavka
1 kuno‘rtacha joriy etish vaqti
Reveo paneli

Har bir suhbat va lid — nazoratda.

Reveo paneli: dashboard — dialoglar, xabarlar, avtomatik hal qilingan ulush va o‘rtacha javob vaqti
Asosiy ko‘rsatkichlar
Reveo paneli: zayavkalar ro‘yxati — qiziqqan mijozlar, buyurtmalar va shikoyatlar
Lidlar o‘zi saralanadi
Reveo paneli: analitika — dialoglar, xabarlar, konversiya va kanallar ulushi
Natija raqamlarda
Nazorat

Agent nimani hech qachon qilmaydi.

Sotuvda ishonch bitta noto‘g‘ri raqamdan buziladi, shuning uchun chegaralar qattiq qo‘yilgan.

  • Katalogda yo‘q narxni aytmaydi — operatorga uzatadi
  • O‘zi haqida “men botman” deb savdoni buzmaydi, lekin so‘rashsa yashirmaydi
  • Mijoz ma’lumotini uchinchi tomonga yubormaydi
  • Operator qo‘lga olgan suhbatga aralashmaydi
  • Shikoyat va nizoli holatni darhol odamga topshiradi
  • Ish vaqti va bandlikni o‘zi o‘ylab topmaydi
Sinab ko‘ring

Messenjerdagi savolga o‘zingiz javob bergandek

AI chat manager Telegram, Instagram va WhatsApp’dagi xabarlarni o‘qiydi va sizning narx, xizmat va ish vaqtingiz asosida javob beradi. Sohani tanlang — yoki o‘zingiz yozib ko‘ring.

Kimlar uchun

Qaysi biznesga mos?

Mijozlari Telegram, Instagram yoki WhatsApp’da yozib savol beradigan har qanday biznesga. Ko‘proq ishlatiladigan sohalar:

  • Klinikalar

    Narx, shifokor va bo‘sh vaqtni aytadi, qabulga yozadi.

  • Onlayn do‘konlar

    Mahsulot, o‘lcham va yetkazishni tushuntiradi, buyurtma oladi.

  • Qurilish kompaniyalari

    Xonadon, narx va bo‘lib to‘lash shartlarini aytadi, ko‘rikka yozadi.

  • O‘quv markazlari

    Kurs, guruh va narxni aytadi, sinov darsiga yozadi.

  • Restoran va yetkazib berish

    Menyu va narxni aytadi, buyurtma va manzilni yig‘adi.

  • Avtosalon va avtoservis

    Model, narx va test-drayv haqida javob beradi, lidni menejerga uzatadi.

Mijozlar

AI chat manager ishlatadigan mijozlarimiz

K-DAVOK-DAVOKlinika
ValvolineValvolineAvto moylari
MyCargoMyCargoKargo
WestWestFast-fud
Space CoworkingSpace CoworkingKovorking
SaberSaberGo‘zallik saloniBatafsil →
NRG BINRG BIQurilish
CarlandCarlandAvtoservis
NumaNumaDo‘konlar tarmog‘iBatafsil →
Sariq Bola PizzaSariq Bola PizzaPitsa
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Agent noto‘g‘ri narx aytib yuborishi mumkinmi?

Yo‘q. Narx nazorati yoqilganda agent faqat katalog yoki CRM’dagi haqiqiy raqamni aytadi; ma’lumot bo‘lmasa, savolni operatorga uzatadi.

Operator suhbatga aralasha oladimi?

Ha. Istalgan suhbatni panelda qo‘lga olasiz — shundan keyin agent o‘sha chatda javob bermaydi.

Yozishmalar qayerda saqlanadi?

Shifrlangan holda bizning serverimizda. Ma’lumotga faqat sizning jamoangiz kira oladi.

Qancha vaqtda ishga tushadi?

Odatda bir ish kuni: kanalni ulash, ma’lumotni yuklash va sinov suhbatlari.

Instagram akkauntim bloklanmaydimi?

Yo‘q. Reveo Meta’ning rasmiy Business API’si orqali ishlaydi, qoidabuzar avtomatlashtirish emas.

Bepul demo

Agentni o‘z kanalingizda ko‘ring.

Demo’da biznesingizga sozlangan agent sizning Instagram yoki Telegram’ingizda javob beradi — karta kerak emas.

Yoki yozing — hello@reveo.uz